To'lov qildim, lekin Premium yoki Stars kelmadi
Xavotir olmang, pul yo'qolmaydi. Avval bir necha daqiqa kuting va Premium yoki Stars to'g'ri @username'ga borganini tekshiring. Agar 15 daqiqadan keyin ham kelmagan bo'lsa, to'lov cheki, summa va vaqtni yuboring. To'lov tekshiriladi: buyurtma yetkaziladi yoki pul to'liq qaytariladi.
Yangilangan:
Avval nimani tekshirish kerak?
1. Bir necha daqiqa kuting
Yetkazish avtomatik, lekin bank to'lovni tasdiqlashi uchun biroz vaqt kerak bo'lishi mumkin.
2. Premium'ni to'g'ri joyda qidiring
Telegram'da Sozlamalar bo'limini oching: Premium faollashgan bo'lsa, ismingiz yonida Premium belgisi chiqadi. Sovg'a haqidagi xabar ham chatlar ro'yxatida bo'ladi.
3. Stars balansini tekshiring
Sozlamalar ichidagi Telegram Stars bo'limida joriy balans ko'rinadi.
4. Username'ni tekshiring
Buyurtmada boshqa odamning username'ini yozgan bo'lsangiz, Premium yoki Stars o'shanga ketgan. Botdagi buyurtma ma'lumotlarida qaysi username yozilganini ko'ring.
Baribir kelmagan bo'lsa nima qilish kerak?
@premium24_bot yordam markaziga yozing va quyidagilarni yuboring:
- to'lov cheki yoki bank ilovasidagi skrinshot;
- o'tkazilgan aniq summa va vaqt;
- buyurtmadagi @username.
To'lov summa va vaqt bo'yicha topiladi. Agar buyurtma yetkazilmagan bo'lsa, u yetkaziladi yoki pul to'lov qilingan kartaga to'liq qaytariladi. Batafsil: Kafolatlar va pulni qaytarish.
Yordam berish uchun sizdan hech qachon parol, SMS-kod yoki karta ma'lumotlari so'ralmaydi.
Qisqacha ma'lumot
- Odatiy yetkazish
- Bir necha daqiqa
- Qachon murojaat qilish kerak
- 15 daqiqadan keyin ham kelmasa
- Nima yuboriladi
- Chek, summa, vaqt va @username
- Natija
- Bizning tomondan muammo bo'lib, buyurtma yetkazilmasa, pul 1 kun ichida to'liq qaytariladi.
- Murojaat
- @premium24_bot yordam markaziga yozing
Savollar
Qayta to'lashim kerakmi?
Yo'q. Birinchi to'lov tekshirilmaguncha ikkinchi marta to'lamang.
Summani yaxlitlab o'tkazib yuborgan bo'lsam-chi?
Masalan, 186 900 o'rniga 187 000 o'tkazgan bo'lsangiz, buyurtma avtomatik topilmasligi mumkin. Chekni yuboring, to'lov qo'lda tekshiriladi.
Taymer tugagandan keyin to'lagan bo'lsam-chi?
Pul baribir yo'qolmaydi. Chekni yuboring, to'lov vaqti va summasi bo'yicha topiladi.
Xarid Telegram botimizda
@premium24bot botini oching, kerakli narsani tanlang va Uzcard yoki Humo kartadan to'lang.